CDPAP (Bevosita isteʼmolchilarga shaxsiy koʻmak koʻrsatish) dasturi

 

“CDPAP” nima?

Uydagi oilaviy parvarishga oid “CDPAP” dasturi bu Nyu-York shahri Medicaid boshqarmasi
tomonidan asos soilngan isteʼmolchilarga shaxsiy koʻmak ko’rsatish dasturi sanaladi.
U sizga qarindoshlar, doʻstlar hamda oila aʼzolaringizdan parvarish oluvchi isteʼmolchi boʻlish
imkoniyatini taqdim etadi. Shaxsiy koʻmakchi isteʼmolchi yoki maxsus vakil tomonidan
tayyorlanadi va nazorat qilinadi.

“CDPAP” dasturida ishtirok etishga kimlar loyiq sanaladi?

Bevosita isteʼmolchilarga shaxsiy koʻmak koʻrsatish dasturida ishtirok etish uchun siz:
Medicaid dasturidan foydalanish huquqiga ega boʻlishingiz va
Uzoq muddatli parvarish rejasi (MLTC) orqali uzoq muddatli parvarish qabul qilish huquqiga
ega boʻlishingiz lozim

“CDPAP” dasturining imtiyozlari qanday?

Dastur isteʼmolchilarga kimlar ularning shaxsiy koʻmakchilari boʻlishini tanlash erkinligin
taqdim etadi.

“CDPAP” qanday ishlaydi?

CDPAP dasturiga loyiqligingiz va Uzoq muddatli parvarish rejasini boshqarish dasturi boʻyicha
taqdim etiladigan soatlar tasdiqlangandan soʻng, siz kim sizning shaxsiy koʻmakchingiz
boʻlishini tayinlaysiz. Siz koʻmak berishga tayyor boʻlgan ikkita shaxsiy koʻmakchiga ega
boʻlishingiz lozim. Bittasi sizning asosiy koʻmakchingiz boʻladi, ikkinchisi zaxiradagi
yordamchi boʻladi. Bunday shaxs sizning oila aʼzongiz, doʻstingiz yoki qarindoshingiz boʻlishi
mumkin, lekin turmush oʻrtogʻingiz yoki tayinlangan vakil shaxs boʻlishi kerak emas. Uyingizda
va kundalik ishlaringizda sizga koʻmak beradigan inson bilan oʻzingizni qulay his etishingiz juda
muhimdir.

Uydagi oilaviy parvarish dasturi quyidagilar uchun javobgar:

Uydagi oilaviy parvarish dasturi orqali xizmatlar taqdim etuvchi har bir insonga toʻlovlarni
toʻlash. Toʻlovlar Uydagi oilaviy parvarish dasturi shaxsiy koʻmakchidan vaqt jadvalini
yuborgandan hamda isteʼmolchi buni tasdiqlagandan keyin har haftada toʻlanadi.
Toʻlovlar Nyu-York shtati va federal qonunlar tomonidan boshqariladi.
Har bir shaxsiy koʻmakchining mehnat shakllariga oid masalalarni muvofiqlashtiring.
Barcha xizmat koʻrsatuvchi shaxsiy koʻmakchilarning faylini maxfiy saqlang.
Asosiy shaxsiy koʻmakchidan foydalanish imkoniyati boʻlmaganda HFCʼda ikkinchi zaxira
shaxsiy koʻmakchini roʻyxatdan oʻtkazganingizga ishonch hozil qiling.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.